ZEISS OPMI pico — murakkab vazifalar uchun ishonchli yordamchi bo’luvchi ixcham mikroskop. Dunyo bo’ylab eng ko’p sotiluvchi stomatologik uskuna.
ZEISS OPMI pico jarrohlik, tadqiqot va o’quv jarayonlarida qo’llasa bo’ladi. Mikroskop qulay mexanik boshqaruvga ega va ko’plab stomatologik masalalarni bartaraf etishga mos keladi. Shu bilan birga ortopediya, ondodonti va jarrohlikda foydalaniladi.
Asosiy xususiyatlari:
- Barcha maxsus stomatologik klinikalarda sodir bo’ladigan ko’plab masalalarni bartaraf etish uchun turli yoritish variantlari
- Mukammal ergonomika qulay ish xolatini saqlab qolgan xolda fokus uzunligini sozlashga imkon beradi
- Turli xil kameralar: foto va videomateriallar tasvirga tushiruvchi va tashqi foto va/yoki videokameralar ulasa vo’ladigan bo’ladigan Full HD videokamera
- Katta diapazonli fokuslash
- Ergonomik konstruktsiya
(Foldable tube) f170/f260 patent qilingan tubusi har qanday vazifani bajarish jarayonida optimal ergonomika va individual joylashuvni saqlab qolgan holda fokus masofani o’zgartirish imkonini beradi. PROMAG funktsiyasi yoramida qo’shimcha +50% kattalashtirish mumkin.