ZEISS Humphhrey Field Analyzer 3 – ko’rish maydonini aniqlash va ko’zning yorug’likka bo’lgan ta’sirchanligini aniqlash uchun ko’rish maydonini tahlil qiluvchi uskuna.
SITA va SITA Fast maxsus algoritmlaridan foydalanib optimal ish jarayoni bilan ta’minlaydi.
- skotomni tekshirish;
- «ikkita zona», «uchta zona» va «defekt chuqurligini aniqlash» strategiyalaridan foydalanilgan holda skrining tadqiqotlari o’tkazish;
- shifokor ko’rsatgan algoritmlar bo’yicha tekshiruv o’tkazish;
- ko’rish maydoni chegarisini 90° gacha aniqlash;
- glaukomani erta vaqtda aniqlash;
- ko’rish maydonini qo’lda tadqiqotini o’tkazish
ZEISS FORUM dasturiy tizimi bilan mavjud natijalarni va ZEISS Cirrus HD-OCT qurilmasi ma’lumotlari bilan kombinatsiya qilish mumkin.










